Nostrifikatsiya qilish tartibi haqida ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 3 apreldagi

173-son Qaroriga asosan.

Xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari mamlakatimizda faqat tan olish yoki nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) yo‘li bilan qonuniy kuchga ega bo‘ladi.

Tan olish - osonlashtirilgan tartibot bo‘lib, bunda aniq xalqaro bitim tufayli O‘zbekiston Respublikasida u yoki boshqa xorijiy davlatning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari qabul qilinadi.

Nostrifikatsiya - xorijiy davlatda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini qayd etish tartiboti, basharti O‘zbekiston bunday hujjatlarning tan olinishi haqidagi xalqaro shartnomani tuzmagan bo‘lsa.

Maktab hujjatlarining tan olinishi uchun qayerga borish kerak?

Hujjat to‘liq o‘rta (to‘liqsiz o‘rta, o‘rta) ma’lumot (10-12 va undan yuqori sinflar - tahr.) to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibiga aniqlik kiritdi. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlardan farqli o‘laroq (9 sinf - tahr.) ular Xalq ta’limi vazirligi tizimining maxsus komissiyalari tomonidan emas, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan tan olinadi. Ular Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga bo‘ysunadi.

Shuningdek, mazkur hujjatlarning O‘zbekistondagi qaysi ta’lim darajalariga to‘g‘ri kelishi ham belgilab berilgan:

Хорижий таълим даражаси Ўзбекистонда таълим даражаси
10 синф Академик лицейнинг 1-босқичи
11 синф Академик лицейнинг 2-босқичи
12 ва ундан юқори синфлар Ўрта махсус таълим


Tan olish va nostrifikatsiyalash uchun qanday yangi hujjatlarni topshirish kerak

Tan olish yoki nostrifikatsiyalash to‘g‘risidagi arizaning yangi shakli tasdiqlandi. Bundan tashqari, unga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxatiga quyidagilar qo‘shildi:

•hujjat egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

•xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (EKIH 1 barobari).

Eslatma: bundan oldin ta’lim to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining (o‘tilgan o‘quv kurslari va ularning hajmlari, yakuniy baholar, amaliyot, kurs va bitiruv malaka ishlari ro‘yxatlari, o‘quv jarayonining boshqa bajarilgan talablari ko‘rsatilgan holda) asl nusxalari, shuningdek mazkur hujjatlarning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasini taqdim etish ko‘zda tutilgan edi.

Darajasidan qat’i nazar ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni qachon tan olishni rad etishlari mumkin

Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat O‘zbekistonda amalda mavjud bo‘lgan ta’lim shaklida o‘qib olingan bo‘lishi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinishi talablariga kiritildi. Masalan, O‘zbekistonda muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishning sirtqi shakli taqiqlangan bo‘lsa, sirtqi ta’lim to‘g‘risidagi diplomlarni tan olish amalga oshirilmaydi.

Eslatma:, ilgari hujjatni tan olish uchun boshqa shartlar kiritilgan edi:

•ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan ta’lim muassasasi o‘zi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tan olingan bo‘lishi;

•ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda tan olingan bo‘lishi;

•ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinishi O‘zbekiston Respublikasi bilan davlatlararo bitimlarda ko‘zda tutilgan bo‘lishi.

Shuningdek, bitta talabni yumshatish kiritildi: ayrim holatlarda xalqaro bitimning mavjud emasligi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinishi uchun endi to‘siq bo‘lmaydi (batafsil — quyida).

Nostrifikatsiyalashni rad etishning qanday yangi asoslari joriy etildi

Hujjatning yana bir yangiligi hujjatlarning ekvivalentligi haqidagi salbiy xulosa ayrim ta’lim yo‘nalishlarining (ijtimoiy soha, pedagogika, tarix, huquq) xususiyatidan kelib chiqib, o‘zlashtirilgan o‘quv fanlari hajmi va dars soatlari miqdori O‘zbekistonning davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejaning 55 foizidan kam qismini tashkil qilsa berilishi mumkin.

Shuningdek, maxsus sinov (test, yozma ish, suhbat) natijasiga ko‘ra 55% va undan kam ball to‘plagan ariza beruvchining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari endi nostrifikatsiyalashga tavsiya etilmaydi.

Eslatma: rad etish uchun quyidagi holatlar ham asos bo‘ladi:

•xorijiy davlatlarda professional ma’lumot to‘g‘risida hujjat beradigan ta’limning umumiy me’yoriy davri (to‘liq o‘rta ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan 1 yildan kam bo‘lsa;

•ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan mamlakatda uning egasiga O‘zbekistondagiga qaraganda kam akademik va (yoki) professional huquqlar berilgan bo‘lsa (masalan, hujjat egasi oliy o‘quv yurtlariga, magistratura yoki doktoranturaga kirish, professional faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega emasligi);

•ma’lumot O‘zbekiston qonunchiligida ko‘zda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa.

Nostrifikatsiyalashda qachon imtihon topshirish zarur emas

Bitiruvchining xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash quyidagi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi, basharti ta’lim:

•O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyish va bayonnomalari asosida;

•O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritishiga ruxsat etilgan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida;

•mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar)ga muvofiq tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning yo‘llanmalari asosida;

•xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan har yili ro‘yxati tasdiqlanadigan ta’lim muassasalarida olingan bo‘lsa.

Mazkur holatlar hujjat tan olinishi uchun xalqaro bitimlar mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi talabni majburiy qilmaydi (ushbu holatlarning qay birida tan olish, qay birida nostrifikatsiyalash haqida hujjatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shart ko‘rsatilmagan).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit