O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat  yo‘nalishlariga test sinovlari topshiriladigan fanlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.

Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni o‘z ichiga oladi.

Majmualar quyidagi fanlar bo‘yicha shakllanadi:

1. Ona tili va adabiyoti

2. Rus tili va adabiyoti (rus guruhlarda)

3. Qoraqalpoq tili va adabiyoti (qoraqalpoq guruhlarda)

4. Matematika (informatika bilan) (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

5. Fizika (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

6. Kimyo (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

7. Biologiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

8. Tarix (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

9. Geografiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

10. Ingliz tili

11. Nemis tili

12. Frantsuz tili

Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi. Abituriyent o‘qigan chet tilidan qat’iy nazar, xoхlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.

Harbiy xizmatni o‘taganlarga qancha qo‘shimcha ball beriladi?

Yaqindagina O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining qarori bilan qabul qilingan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy talim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda Vatan oldidagi muqaddas burchini o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishda olajak imtiyozlari borasida bir qancha tartib qoidalar belgilab berildi.

KIM TOMONIDAN BERILADI?

Tavsiyanomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan, zarur bilim darajasiga va namunali harbiy intizomga ega munosib harbiy xizmatchilarga harbiy qism komandirlari tomonidan beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy talim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bulgan maksimal ballarning 27 foizi mikdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladi. Bu esa 61,2 ball degani.

TAVSIYANOMA OLISH UCHUN...

Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi qaror harbiy qism komandiri tomonidan ushbu harbiy xizmatchining bevosita komandirlari takdim etgan takdimnoma va muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorga asosan qabul qilinadi. Bunda, muddatli harbiy xizmatchining xizmat davridagi harbiy intizomi, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik davomida erishgan natijalari hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirilishiga oid yakuniy baholarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari inobatga olinadi.

Harbiy qism komandirlari muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish yuzasidan xolisona qaror qabul qilinishi uchun shaxsan javobgar buladi.

Har bir harbiy qismda harbiy intizom hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik dasturlari uzlashtirib borilishi holatining hisobi yuritib borilishi shart. Guruh, vzvod, batalon va brigada komandirlari muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat davridagi namunali harbiy intizomi, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarligi buyicha natijalarini xolisona baholab borish uchun shaxsan javobgar buladi.

BALLAR QANDAY TO‘PLANADI?

Muddatli harbiy xizmatchiga harbiy intizom, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha ballar quyish butun xizmat davri davomida amalga oshiriladi.

Agar muddatli harbiy xizmatchi namunali harbiy intizomi uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida nazarda tutilgan tartibda rag‘batlantirilgan (muqaddam berilgan intizomiy tazir chorasining bekor qilinishi bundan mustasno) bo‘lsa, unga kuyidagi tartibda ballar qo‘yib boriladi:

harbiy qism komandiri tomonidan rag‘batlantirilgan bulsa - 5 ball;

harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni (birlashma komandiri) tomonidan rag‘batlantirilgan bo‘lsa - 10 ball;

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari - Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi boshlig‘i tomonidan rag‘batlantirilgan bulsa - 15 ball;

Tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari rahbarlari tomonidan rag‘batlantirilgan bo‘lsa - 20 ball.

Muddatli harbiy xizmatchiga muddatli harbiy xizmat davrida namunali harbiy intizomi uchun ko‘pi bilan 20 ball ko‘yiladi. Bunda, harbiy qism komandiri tomonidan rag‘batlantirishning sonidan qati nazar, 5 balldan ortiq ball ko‘yilmaydi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmat davomida nazorat-tekshiruv mashg‘ulotlari natijalari bo‘yicha muddatli harbiy xizmatchiga jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik uchun baho qo‘yib boriladi. Muddatli harbiy xizmatchining umumiy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik buyicha baholarning umumiy o‘rtacha arifmetik qiymati chiqariladi.

Umumiy urtacha arifmetik bahosi 4,0 dan kam bulgan muddatli harbiy xizmatchiga ball kuyilmaydi.

BALLAR HISOBLANGACH...

Test sinovlari o‘tkazilishi boshlanishidan 5 kun oldin harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat davri uchun jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘yilgan umumiy o‘rtacha baholar va ballarning yig‘ma vedomosti tuziladi. Yig‘ma vedomost muddatli harbiy xizmatchilarning bevosita komandirlari va harbiy qism komandirining o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.

Yig‘ma vedomostdan olingan ko‘chirmalar harbiy qism shtabi boshlig‘ining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanib, test sinovlari boshlanishidan 3 kun oldin hamma uchun ko‘rinarli joyga osib qo‘yiladi.

DIQQAT! TEST SINOVLARI

Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik dasturlari o‘zlashtirilganligini yakuniy baholash uchun har bir harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovlarini o‘tkazish muddati tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Muddatli harbiy xizmatchilarni test sinovlaridan o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan test savollarining umumiy soni 80 ta savoldan tashkil topib, ulardan 40 tasi - jangovar tayyorgarlikka oid, 20 tasi - mana-

viy-marifiy tayyorgarlikka oid, 20 tasi - mantiqiy testlardan iborat bo‘ladi. Har bir jangovar tayyorgarlikka oid to‘g‘ri yechilgan test savoli uchun - 1,2 ball, manaviy-marifiy tayyorgarlikka oid to‘g‘ri yechilgan test savoli uchun - 1,1 ball, mantiqiy test uchun - 1 ball qo‘yiladi. Test topshiriqlarini yechish uchun 2 soat beriladi. Javoblar varaqasini to‘ldirish uchun 30 daqiqa ajratiladi. Test sinovlari o‘tkazish uchun umumiy vaqt 2 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

40 FOIZDAN OSHMASLIGI KERAK

Avvallari tavsiyanomalar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha harbiy xizmatchilarga berilgan bo‘lsa, endilikda harbiy tavsiyanoma berishning maksimum miqdori belgilab qo‘yildi. Yani, beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qismning ro‘yxatiga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.

Bir necha nafar harbiy xizmatchining bir xil miqdorda ball to‘plagani bois, 40 foizli cheklashga amal qilishning iloji bo‘lmasa, beriladigan tavsiyanomalar sonini bunday harbiy xizmatchilar soniga mos ravishda oshirishga ruxsat beriladi.

Xizmat davrida davlat mukofoti bilan taqdirlangan muddatli harbiy xizmatchi test sinovlarining natijalari inobatga olinmay, tavsiyanoma olish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, endilikda tavsiyanoma olish uchun faqat DTM test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishning o‘zi kifoya qilmaydigan bo‘ldi.

Test natijalari olingandan so‘ng, tavsiyanoma berish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish uchun har bir nomzod muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilishida muhokama qilinib, nomzodning xizmat faoliyatiga baho beriladi.

Harbiy intizomining holati, jangovar va manaviy-marifiy tayyorgarlik natijalari va test sinovlari bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan muddatli harbiy xizmatchi muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yig‘ilish tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganidan so‘ng, tavsiyanoma olishga munosib, deb hisoblanadi.

TAVSIYANOMA BERILMAYDI

YUqori ballar to‘plagan, biroq xizmat faoliyatiga salbiy tavsif berilgan harbiy xizmatchilarga, umumiy yig‘ilish va bo‘linma komandirlarining yozma murojaati asosida harbiy qism komandirining qarori bilan tavsiyanoma berilmaydi.

To‘plagan ballarining miqdoridan qati nazar, muddatli harbiy xizmati davrida harbiy intizomni qo‘pol ravishda buzgan bo‘lib, ular yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilgan, harbiy qism komandirining tegishli buyruqlari chiqarilgan muddatli harbiy xizmatchi tavsiyanoma olish huquqiga ega emas.

UCH YILDAN SO‘NG O‘Z KUCHINI YO‘QOTADI

Tavsiyanomalarning amal qilish muddati rasmiylashtirib berilgan sanadan etiboran 3 yil muddat davomida kuchga ega bo‘ladi.

Tavsiyanoma muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan harbiy xizmatchiga boshqa hujjatlar bilan birga tantanali vaziyatda topshiriladi.

Abituriyentlarning vazifalari, majburiyatlari va huquqlari

Hurmatli abituriyentlar! Sizlar test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishingiz uchun test sinovlarni o‘tkazish tartib-qoidalarini, test jarayonida o‘zingizning vazifalaringiz, majburiyatlaringiz va huquqlaringizni aniq bilishingiz va test sinovlarini o‘tkazish tartibiga rioya qilishingiz talab etiladi.

Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha, auditoriyaga soat 8.30 gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan kiritiladi. Test sinovlari boshlangan (soat 8.30)dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.

Soat 8.30 dan 9.00 gacha abituriyentlar javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozadilar. Bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.

Test boshlangandan keyin hech kim auditoriyaga kiritilmaydi va test topshiriqlari bo‘yicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi.

Abituriyentjavoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqamining bir-biriga mosligini va savollar kitobida fanlar bo‘yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa nuqsonlar yo‘qligini tekshiradi. Agar test savollarida nuqson bo‘lganda darhol bu haqda auditoriya rahbariga xabar beradi.

Abituriyentjavoblar varaqasi berilgandan keyin abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasi raqamini ko‘chirib yozadi. Shundan so‘ng, titul varaqasida ko‘rsatilgan ta’lim muassasasining kodi, maxsus kod va tanlov kodini javoblar varaqasiga ko‘chirib yozadi va tegishli doirachalarni bo‘yaydi.

Abituriyenttomonidan titul varaqasidan javoblar varaqasiga ko‘chirilgan ta’lim muassasasi kodi, maxsus kod va tanlov kodini abituriyentning ta’lim tili, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim muassasasi, ijodiy va chet tili imtihonlari ballari hamda harbiy imtiyozini belgilovchi yagona ma’lumot bo‘lganligi sababli, to‘ldirilmagan javoblar varaqasi bo‘yicha natija chiqarilmaydi va e’tirozlar qabul qilinmaydi.

Abituriyentjavoblar varaqasining 1-blokiga va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlarni yozib, imzo qo‘yadi. Agar abituriyent tomonidan ushbu ma’lumotlar kiritilmagan taqdirda, ixtiyoriy bosqichda dalolatnoma tuziladi va test sinovi bo‘yicha natija chiqarilmasligiga asos bo‘ladi.

Savollar kitobidagi har bir fan 36 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi.

Abituriyentga test topshiriqlarini bajarish uchun quyidagi vaqt me’yorlari belgilanadi:

72 savolga — 2 soat;

108 savolga — 3 soat.

Har bir savolga 4 tadan («A», «B», «C», «D») javoblar varianti berilgan bo‘lib, abituriyent ulardan faqat bittasini savollar kitobchasida belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasining mos fan blokidagi doirachani belgilangan tartibda bo‘yashi kerak (javoblar varaqasida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas).

Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart. Agar javoblar varaqasidagi «Belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta savolga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu javobga ball berilmaydi.

To‘ldirilgan javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldiriladi.

Javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilagan abituriyentlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.

Javoblar varaqasini to‘ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoriga qo‘shimcha 20 daqiqa ajratiladi.

Abituriyenttomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo‘lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, abituriyent test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi*.

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 iyuldagi 205-sonli  qarorining 2-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga yuqoridagi tahrirda o‘zgartirish kiritilgan.

Abituriyentlar diqqat qiling! Avvallari test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyentda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar mavjudligi aniqlansa, ulardan bu vositalar olib qo‘yilgan va o‘zlari binoga kiritib yuborilgan. 2012 yildan boshlab test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyentda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar mavjudligi aniqlansa ular binoga kiritilmaydi va tegishli dalolatnoma tuzilib, test jarayonidan chetlashtiriladi.  

Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varag‘i yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.

Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Test sinovlarini topshirish vaqtida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi, sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa shu kabi holatlarda test materiallarisiz qavat bo‘yicha vakil kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.

Auditoriya rahbari tomonidan testni bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagani va savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarga bo‘yash uchun qo‘shimcha berilgan yigirma daqiqalik vaqt boshlanganligi e’lon qilinganda abituriyent savollar kitobi bilan ishlashni to‘xtatib, savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarni bo‘yashni boshlashi, qo‘shimcha ajratilgan vaqt tugagani e’lon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni to‘xtatishi shart.

Abituriyenttest savollari yoki test sinovlarini o‘tkazish jarayoni yuzasidan e’tirozlari mavjud bo‘lganda, test materiallarini topshirganidan so‘ng, shu kunning o‘zida qabul komissiyasi, Davlat test markazining ta’lim muassasasi yoki bino bo‘yicha vakili orqali Davlat test markaziga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit