logo

Fortepiano ijrochisi

Kasb ta‘rifiPianinochi - fortepiano ijrochisi sanaladi. Professional pianinochilar yakka holda kabi ansambl yoki orkestr jo‘rligida ham asar ijro eta oladilar. Odatda, pianinochilar ushbu musiqiy asbobda chalish uchun yoshligidan musiqa bilan shug‘ullanadilar. Ba'zilar uch yoshligidayoq ushbu musiqiy asbobda chalishni o‘rganadilar, zero yoshi kattaroq bo‘lgach, kafti kengayib, bilaklari egiluvchan bo‘ladi, barmoqlari cho‘ziluvchanligi esa yaxshi ishlaydi, shu sababli pianinochilar kafti keng ko‘rinadi. Professional musiqachi-pianinochi (mutaxassisligi - fortepiano) keyingi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin: konsertmeyster, solist, kamera ansambli artisti, shuningdek, o‘qituvchi. Mutaxassislik ijod doirasi - musiqiy san'at. Ijrochining asosiy vazifasi - bastakor fikrini tinglovchiga fortepianodagi ijrosi orqali yetkao‘ib berishdir.
Kasb tarixi Fortepiano musiqasi tarixi juda qiziq bo‘lib, bir necha bosqichlarga bo‘linadi va ularning har biri o‘z an'analariga ega. Har bir davr qonunlariga ko‘ra cholg‘u asboblarning (avvaliga klavesin, keiynroq esa fortepiano bo‘lgan) mohir ijrochisi bo‘lgan bitta bastakor (kamdan-kam hollarda bir nechta) bo‘lgan. Shu sababli pianizm tarixi ushbu uchta davrga ajratilar ekan, ular mashhur bastakorlar nomi bilan ataladi - Motsart, List hamda Raxmaninovlar. Agar tarixchilarning an'anaviy atamalari ishlatiladigan bo‘lsa, bu klassitsizm, romantizm hamda ilk modernizm davrlari bo‘lgan.
Faoliyat turlariAkkompaniator Blyuz pianinochisi Jazz pianinochisi
Ish joylariPianinochilar simfonik orkestrda akkompaniyator bo'lib ishlashlari, duet, trio, kvartet va kvintetda ham instrumental, ham vokal bilan birga bo'lishlari mumkin. Shuningdek, yaxshi pianinochi mamlakatlar bo'ylab sayohat qilishi mumkin.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar* Musiqiy eshitish qobiliyati; * Ritmni bilish qobiliyati; * Musiqiy xotira; * Diqqatni jamlay olish; * Harakatga keltiruvchi nerv markazlarining tez ishlashi; * Toqat, sabr, maqsad sari intilish; * Tasavvur qila olish, ijodiy salohiyat (bastalash qobiliyati); * Pedagogik qobiliyatlari;
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3210701

Kollejlar