logo
Asosiy
Abiturient
Mutaxassisliklar katalogi
Kommutatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash texnigi

Kommutatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash texnigi

Kasb ta‘rifiKommutatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash texnigi kasbini egallash uchun tarmoq yaratish, tarmoqni sozlash simli va simsiz tarmoqlar yaratish va ularni sozlash, mijozlarning shikoyatlarini eshitib, tarmoq ichidagi xatoliklarni diagnostika qilib ularni tuzatishni bilishi shartdir. Ishlab chiqarish shuni ko‘rsatdiki bu kasbni egallashga intilgan talabalar telekommunikatsiya asoslari, montaj texnologiyasi va tarmoqqa xizmat ko‘rsatish sohasida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashi uchun amaliy ko‘nikmalarini ham doimiy ravishda oshirib borishlari talab qilinadi.
Kasb tarixi Aloqa tarmog'i va kommutatsiya tizimining texnigi kasbiy faoliyatining ob'ektlari texnologik tizimlar, belgilar, signallar, yozma matn, tasvirlar, tovushlarni simli, radio, optik yoki boshqa tizimlar orqali har qanday uzatish, nurlanish va qabul qilishni ta'minlaydigan texnik vositalar.
Faoliyat turlariTarmoq muhandisi Aloqa uskunalarini o'rnatuvchi Peyjing operatori Aloqachi Telefon aloqasi va radiofikatsiya liniyaviy inshootlarining elektr montyori Telefon aloqasi stansiya uskunalarining elektr montyori
Ish joylariBitiruvchi talabalar aloqa sohasiga tegishli barcha korxonalarda ishlash imkoniyati bor. Bu korxonalarda bitiruvchi quyidagi ish o'rinlarga talabgor bo'la oladilar: aloqa uskunalari, radiofikatsiya va telefon tarmoqlarining montajchisi hamda telekommunikatsiya mutaxassisi kabilardir. Texniklar simli va simsiz tarmoqlarni ulab, kerakli ma'lumotlarni xavfsizligini ta'minlash yo'nalishida faoliyat yuritadilar.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar• Foydalanuvchilar uchun simli va simsiz tarmoqni sozlash va montaj qilish ishlarini bajarish: • Tarmoq protokollari yordamida ishni tashkil qilish: • Multiservis tarmoqlarini uskunalarini uzluksiz ishlashini tashkil qilish: • Kompyuter tarmoqlarini montaj qilish va sozlash ishlarini bajarish: • Aloqa ishlarini tashkil qilish uchun kompyuter platformalarini o‘rnatish va sozlash: • Tarmoq uskunarini administratsiyasini tashkil qilish: • Aloqa tizimlari va telekommunikatsion tarmoqlardagi axborotlarni ximoyalovchi dasturlar va uskunalardan foydalanish: • Aloqa tizimlari va telekommunikatsion tarmoqlarda xavfsiz administratorlikni ta'minlash: • Telekommunikatsion tizim uskunalarida montaj ishlarini bajarish: • Telekommunikatsion tizimlarini monitoringi va tahlilini yuritish: • Telekommunikatsion tizim ma'lumotlarini boshqarish: • Telekommunikatsion tizimlarida sodir bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish: • Foydalanuvchini tarmoqqa ulanishi uchun undagi uskunalarini montaji va ulanish yo‘llarini uzluksiz ishlashini ta'minlash: • Bo‘limlarning ishlarini rejalashtirish va tashkil qilish: • Hududiy bo‘limlarning ish jarayoni va faoliyatini tahlil qilish:
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3522201

Kollejlar