logo

Huquqshunos

Kasb ta‘rifiHuquqshunos bu- huquqshunoslik sohasida taxsil olgan, hamda shu sohada faoliyat yuritayotgan shaxslardir (lotincha jus - co‘zidan olingan bo‘lib, huquq degan ma'noni angdatadi). Huquqshunos kasbi o‘zida qonun ximoyachilarini bir yerda jamlaydi. Advokatlar, prokurorlar, sudyalar, tergovchilar, notariuslar va xalqaro huquqshunoslar- bularning barchasi huquq sohasining bilimdonlari hisoblanishadi.
Kasb tarixi Bu kasb uzoq tarixga ega bo‘lib. Birinchi malakali huquqshunoslari qadimgi Rim kollegiyasining a'zolarini hisoblanishadi. Yana huquqshusunoslik fanining asoschilariga Suqrot, Arastu va platonlarni ham qo‘shishimiz mumkin. Ko‘p asrlardan beri insoniyat o‘z bilimlarini takomillashtirib, milliy hamda xalqaro munosabatlarini shakllantirib kelishgan. Bu esa ushmu munosabatlarni huquqiy tomondan xujjatlashtirilishag olib keldi. Bugungi kunda huquq sohasi juda rivojlandi va insoniyatning barcha faoliyat turlarining ichiga kirib keldi.
Faoliyat turlari• Prokuror lotincha procurare so‘zidan olingan bo‘lib, ma'lumotga ega bo‘lmoq, boshqarmoq ma'nolarini anglatadi.Prokuror- davlat prokuraturalarida faoliyat yurituvchi, qonun ijrosini nazorati, har xil huquqbuzarliklarni oldini olish bilan shug‘ullanish va sud jarayonida qoralovchi sifatida ishtirok etuvchi huquq sohasining vakillaridir. • Sudya - sudyalar lavozimiga zaxirada turgan yoki birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaxslarni sud faoliyati ko‘nikmalariga tayyorlashni, qonun hujjatlarining mazmuni va mohiyati, huquqni qo‘llash amaliyoti va amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari to‘g‘risidagi chuqur bilimlarni egallab olishini ta'minlash. Sudya lavozimiga birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaxslar belgilangan tartibda majburiy tayyorgarlikdan o‘tadilar. O‘qish (stajirovka) natijalariga ko‘ra Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Oliy xo‘jalik sudiga sudya lavozimlarida ishlash uchun nomzodning nazariy va amaliy tayyorgarligi to‘g‘risidagi xulosa taqdim etiladi. • Advokat (lot. advoco - taklif qilaman) - bu fuqarolarning qonunlarda belgilangan huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi huquq sohasining bilimdon vakili hisoblanadi. • Notarius (lot. Notarius ma'nosi yozuvchi, kotiba) bu turli notarial holatlarni yuritish vakolatiga ega bo‘lgan davlat notarial idoralarining vakilidir. Notariuslar mahsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgandan keyingina ushbu sohada faoliyat yurita oladilar. • Tergovchi - bu prokuratura va ichki ishlar bo‘limlarining vakili bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, qotillik va boshqa jinoyatlarni tergov qilish bilan shug‘ullanadigan shaxsdir. Tergovchi kodekslarga tayanib tergov jarayonida to‘plagan materiallar to‘g‘risidagi xulosalarni prokurorga taqdim qilvdi.
Ish joylariHuquqshunos quyidagi tashkilotlarda mehnat faoliyatini bilan shug'ullana oladilar: • Har xil yuridik tashkilotlarda ichki ishlar vazirligida, adliya vazirligida, O'zbekiston Respublikasi sud tizimlarida; • Davlat tashkilotlarida va o'zini o'zi boshqarish tashkilotlarida; • Barcha tijorat tashkilotlarida; • Mustaqil ravishda advokatlik faoliyati bilan shug'ullana oladilar; • Ta'lim va ilm fan sohasida.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarYuristlarning professional faoliyati nafaqat bir insonning balki butun jamiyatning, xattaoki butun bir davlatning yashash tarziga ta'sir o‘tkazadi. Shuning uchun bu soha vakillaridan belgilangan Kodekslarga rioya qilishini, mas'uliyatni xis qilishlari va lavozimini suiste'mol qilmasdan halollik bilan Vataniga va xalqiga xizmat qilish talab qilinadi. Qolaversa huquqshunos o‘z ustida tinmasdan mehnat qilmog‘i va doimiy ravishda bilimlarini oshirib borishi kerak. Huquqshunoslar qattiq streslarga chidamli bulib, o‘zlarini fe'l-atvorini nazorat qila oladigan shaxslardir.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3380101

Kollejlar