logo

Haykaltarosh

Kasb ta‘rifiHaykaltarosh- ma'lum hajmga ega bo‘rtmalardan iborat timsollar yasovchi rassomdir. Haykaltaroshlik tasviriy san'atning bir turi bo‘lib, bu kasb egalari yumshoq va qattiq materiallar (loy, tosh, metal, yog‘och, suyak va b.)dan yasalgan ma'lum hajmga ega xaykallarni hosil qilishadi. Odatda, haykaltaroshlar odamlarni suratini, hayvonlar ko‘rinishini, umuman olganda borliqni jonlantiradilar. Bu yo‘nalishda ishlaydiganlarni haykaltarosh yoki kosiblar deb atashgan. Ularning asosiy maqsadi - insonlar va hayvonot olamini haykal ko‘rinishida yasab taqdim etishdir.
Kasb tarixi Haykaltaroshlik kasbi qadimiy va qiziqarli kasblardan biri hisoblanadi. Kasb tarixi eramizdan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Haykaltaroshlik san'ati bilan qadimgi Yunon davrida ham shug‘ullanishgan, bizgacha yetib kelgan obidalar ularning isbotidir.
Faoliyat turlariArxitektor, rassom
Ish joylariHaykaltaroshlik ustaxonalri, diniy marosimlar tashkilotlari, teatrlar.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarHaykaltaroshlikda ishlatiladigan materiallar texnologiyasini yaqindan bilish; Tasviriy san'at asoslari bilimini o‘zlashtirish; O‘z davlatining va horijiy tasviriy san'at tarixini bilish; Madaniyat va san'at yo‘nalishidagi mahobatli haykal ansambllari bilan yaqindan tanishish; So‘z bilan keltirilgan ta'rif orqali timsol yarata olish; Badiiy iqtidorga ega bo‘lishi; O‘ziga xos did, sifat, uyg‘unlikka ega bo‘lishi; Yuksak estetik va badiiy didga ega bo‘lishi kerak.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3211101