logo

Landshaftlar dizayneri

Kasb ta‘rifiMazkur soha vakillarining vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) belgilangan maydonga borib, mijoz bilan suhbatlashish; 2) obodonlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish; 3) tayyor loyihani mijozga taqdim etish; 4) qurilish jarayonini, loyihani sifatliligini, maydon obodonlashtirilishini nazorat qilishdan iboratdir.
Kasb tarixi Landshaft dizaynerlarini, odatda bog‘bon o‘rnida ham ko‘ramiz. Lekin ular odatdagi bog‘bonlardan farqli o‘laroq istirohat bog‘larini, belgilangan yer, maydonlarni o‘zgacha ko‘rinishda ko‘kalamzorlashtira olishi bilan ajralib turishgan. Ushbu kasbning eng gullab yashnagan davri XVI asrga to‘g‘ri keladi. Bugungi kungacha mashhur “Versal bog‘i” muallifi afsonaviy landshaft dizayner Andre Lenotr bo‘lib kelmoqda. Fransuz ustasini tirikligidayoq “Bog‘bonlar qiroli” deb atashgan. Landshaft dizayneri -XX asrning yangi termini hisoblanadi. Bu kasb Yevropaning ko‘plab sanoatlashgan shaharlarida (Buyuk Britaniya, Germaniya) ko‘kalamzorlashtirishga ehtiyojdan kelib chiqqan.
Faoliyat turlariLandshaft dizayneri gulchi, madaniyatshunos, tuproqshunos, arxitekror va rasomchilik kabi kasblarni bilishi lozim. U shaxarni su'niy havzalarni, bog‘larni ko‘kalamzorlashtirish bilan shug‘ullanadilar.
Ish joylariLandshaft dizaynerlari arxitektura va dizayn ustaxaonalari, kottedj qurish korxonalarida ish olib borishadi. Shuningdek, ular mustaqil mutaxasis o'rnida faoliyat yuritishlari mumkun.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarDizaynerlik qonun-qoidalaridan xabardor bo‘lishi, botanika sohasini bilishi xamda kompyuter grafikasi dasturlarida ishlay olishi lozim. Loyixa smetalarini tayyorlay olishi xam zarur.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3210904