Farmatsevt assistenti
Kasb tavsifi | Zamonaviy farmatseft faoliyati provizor kasbining faoliyatiga nihoyatda yaqindir. Farmatsevt dori vositalarini sotish va dori vositalarining ijobiy va nojo‘ya ta'sirlari haqida ma'lumot beradi. Laboratoriya sharoitida dori vositalarini tayyorlash jarayonida ustunlik provizorlarda bo‘lib, farmatsevtlar ularga yordamchi yoki assistentli vazifalarini bajaradi. |
---|---|
Kasb tarixi | Farmatsevt kasbi uzoq tarixga ega. Dastlabki ilk dori vositalarini, yozuv paydo bulmasdan oldin ixtiro qilingan. Shu boisdan ularning tarkibi haqida ma'lumot qolmagan. Biroq antik davr tabiblari haqida ma'lumotlar mavjud. Qadimgi tabiblar o‘zlari davolayotgan bemorlar uchun faqat o‘zlarigagina ma'lum giyohlardan foydalanib dori vositalarini tayyorlashgan. Ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini nihoyatda sir saqlashgan.Ilk farmatsevtikaga oid ilmiy izlanishlar bilan qadim yunon olimlari shug‘ullanishgan. Ularning ishlarini qadimgi Rim olimlari davom ettirishgan. XIII asrga kelib, Yevropada farmatsevtlar va shifokorlar kasblariga ajratilgan. Shu davrdan boshlab farmatsevt kasbi vakillariga katta mas'uliyat yuklanib, doimiy ravishda rivojlanib borgan. Dori vositalari - bu murakkab ximik tarkibga ega bo‘lgan aralashmadir. Ba'zan ularning iste'moli kutilgan natijani bermaydi. Shifokor nazoratisiz iste'mol qilingan dori vositalari bemorning holatini yanada yomonlashtirishi mumkin. Shuning uchun farmatsevt kasbi shifokorlik kasbi bilan chambarchas bog‘liq. |
Faoliyat turlari | Farmatsevt sohasining vakillari - Farmokologiya, farmakokinetika, kimyo, tibbiyot (boshlang‘ich) fanlaridan chuqur bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi.dori vositalarini spetsifikasini yaxshi ajrata olishi kerak, ya'ni shifokor tavsiyasi bilan beriladigan yoki qat'iy shivokor tavsiya bilan beriladigan dori vositalarini bilishi zarur. Shular bilan bir qatorda haridorga dori vositalarining qabul qilish dozalari va qabul qilish sxemalarini tushuntirib bera olishi kerak. |
Ish joylari | • Mijozlarga u yoki bu dori vositasining ta'siri haqida ma'lumot berish: • Dorixonalarda: • Dori vositalari va boshqa farmatsevtik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodlarda: • Tibbyot tashkilotlarida (asosan xususiy tibbiyot tashkilotlarida) • Farmatsevtika zavodlari qoshidagi laboratoriyalarida: |
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar | Farmatsevt quyidagi ishlar bilan shug‘ullanadi: • Tovarni qabul qilish: • Yuk xatlarin tayyorlab, hisobot tuzish: • Dorixona peshtaxtalari dori vositalarini narrxlarini ilova qilgan joylashtirish: • Dori vositalarini sotish: |
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri | 3720501 |