Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisi
Kasb tavsifi | Tarbiyachilik ishi-mas'uliyatli kasblardan biri hisoblanadi. Shu sababli mutaxassis o‘z faoliyati davomida psixologiya, gigiyena, ta'lim va pedagogik talablariga javob bera olishi kerak. Odatda tarbiyachi bo‘ynida bir guruh bolalarga g‘amxo‘rlik qilish yotadi. Bu jarayon bino ichida va xuddi shu bilan bir qatorda tashqarida xam o‘tkazilishi mumkin. Kutilmagan jarohatlanish vaziyatlarida shifokor kelguniga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsata oladigan darajada bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. |
---|---|
Kasb tarixi | Qadimgi tarixdan ma'lumki bolalar tarbiyasi bilan faqat ayollarimiz shug‘ullanishgan. Qadimgi Yunonda bola tarbiyasi bilan qullar shug‘ullanishgan. Yildan yilga bola tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan alohida bir mutaxassislarga ya'ni tarbiyachilarga ehtiyoj sezilib, bugungi kunga kelib bunday mutaxassislarga ega tashkilot- davlat va xususiy bog‘chalar ko‘rinishida vujudga kelgan. |
Faoliyat turlari | Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachisi |
Ish joylari | Tarbiyachilar –maktabgacha ta'lim muassasalari, ya'ni bog'chalarda, rivojlantiruvchi markazlarda, xususiy bog'chalarda ishlaydilar. Mansab pog'onasida maktabgacha ta'lim muassasalari mudirasi darajasigacha ko'tarilishlari mumkin. |
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar | Tarbiyachi vazifasiga yosh bolalarni maktabgacha bo‘lgan tarbiyasi, bilimi bilan belgilangan qoidalar asosida ishlab boradi. Bunga o‘qish, chizma, tabiat va og‘zaki nutq bilan shug‘ullanish kiradi. Mutaxassis diqqatni bir joyga jamlovchi, mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi, nutqni o‘stiruvchi va etika-estetikani rivojlantiruvchi o‘yinlar, turli xil qiziqarli topshiriqlar bilan bolalarni mashg‘ul qiladi. Bolaning sog‘ligi va hayoti uchun javobgar shaxs hisoblanadi. |
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri | 3141701 |