Davolash ishi feldsheri
Kasb tavsifi | Feldsher- o‘rta ma'lumotga ega tibbiyot ishchisi. Birinchi kechiktirib bo‘lmaydigan va tez birinchi yordam ko‘rsata olish, shifokor yordamchisi, assistenti, “tez yordam” guruhida birga ishlash, mustaqil statsionar yoki ambulator yordam bera olish, qishloq xo‘jaliklarida shifokor kabi vazifalarni bajara oladi. Kasallikni oldini olish va profilaktika ishlari bo‘yicha maxsus tadbirlar uyushtira oladi. Tug‘ruqda yordam ko‘rsatadi. Turli ilmiy tekshirishlar o‘tkazadi. Sanitarno-gigiyenicheski va profilaktik davolash bo‘yicha tadbirlar uyushtiradi va bevosita o‘zi qatnashadi. Shifokor tomonidan belgilanganlarni nazorat qiladi. Kichik tibbiyot xodimlarini nazorat qila oladi. Feldsherning vazifalari ishlash joyi bilan bog‘liq. |
---|---|
Kasb tarixi | Bu kasb paydo bo‘lishi o‘rta asrlarga borib taqaladi . O‘sha davrda urush vaqtida jarohatlanganlarga tez yordam beruvchilarni shunday deb atashgan. Bugungi kunga kelib feldsher tuman va shahar shifoxonalarida shifokor yordamchisi yoki assistenti, viloyat medpunktlarida shifokor va mudir vazifasini bajaradi. Bu kasb avval Germaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib , «feldscher» atamasi nemis tilidan so‘zma so‘z “jangovor sartorosh” deb tarjima qilinadi. Hozirgi kungacha ushbu kasbning asosiy vazifasi saqlanib qolgan; malakali shifokor ko‘rigigacha kasalga birinchi yordam ko‘rsatib kasallik diagnozini qo‘yish. |
Faoliyat turlari | “Tez yordam” feldsheri, laborant-feldsher, harbiy feldsher, psixonevrologik muassasalarida feldsher, akusher-feldsher, sanitar feldsher, stomatolog assistenti. |
Ish joylari | Fel'dsher poliklinika va shifoxonalarda ishlashi mumkin. Asosiy ish joyi bu “tez yordam” guruhida bevosita turli og'ir va yengil holatlarda kerakli tibbiy yordamni o'z vaqtida ko'rsata olishdan iborat. Fel'dsher mutaxassisligiga talab juda yuqori belgilanib kelingan. Oylik maoshi –o'rtacha. Farmatsevt ham medpunkt mudiri yoki katta fel'dsher lavozimida ishlashi mumkin. Oliy ma'lumotga ega bo'lishi mutaxassislik jihatidan shifokor darajasigacha ko'tarilish imkonini beradi. |
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar | Insonlar bilan yaxshi muomalada bo‘la olishlik, kirishimlilik, xayrixoxlik, o‘zini yo‘qotmaslik, xissiy barqarorlik, ma'suliyatli, tartiblilik, kuchli xotira, qisqa muddatda diqqatni bir joyga yig‘a olish qobiliyati, ko‘rish va sezish qobiliyatlari, krizis holatlarda unumli baholash va albatta chidamlilik. |
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri | 3720101 |