Yurisprudentsiya (Davlat huquqiy faoliyat) (Bakalavr)
Kasb tavsifi | Huquqshunos bu- huquqshunoslik sohasida taxsil olgan, hamda shu sohada faoliyat yuritayotgan shaxslardir (lotincha jus - so‘zidan olingan bo‘lib, huquq degan ma'noni angdatadi). Huquqshunos kasbi o‘zida qonun ximoyachilarini bir yerda jamlaydi. Advokatlar, prokurorlar, sudyalar, tergovchilar, notariuslar va xalqaro huquqshunoslar - bularning barchasi huquq sohasining bilimdonlari hisoblanishadi. |
---|---|
Kasb tarixi | Bu kasb uzoq tarixga ega bo‘lib. Birinchi malakali huquqshunoslari qadimgi Rim kollegiyasining a'zolarini hisoblanishadi. Yana huquqshusunoslik fanining asoschilariga Suqrot, Arastu va platonlarni ham qo‘shishimiz mumkin. Ko‘p asrlardan beri insoniyat o‘z bilimlarini takomillashtirib, milliy hamda xalqaro munosabatlarini shakllantirib kelishgan. Bu esa ushmu munosabatlarni huquqiy tomondan xujjatlashtirilishag olib keldi. Bugungi kunda huquq sohasi juda rivojlandi va insoniyatning barcha faoliyat turlarining ichiga kirib keldi. |
Faoliyat turlari | Huquqshunoslarning turlariga quyidagilar kiradi: Fuqarolik huquqshunoslari: oilaviy huquq, meros huquqi, uy-joy va mehnat nizolari kabi fuqarolik huquqiy munosabatlari bilan bog'liq huquqiy masalalarni hal qilishga ixtisoslashgan. Jinoiy huquqshunoslar: jinoiy ishlarda mijozlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bilan shug'ullanadi, shuningdek jabrlanuvchilarning manfaatlarini himoya qiladi. Korporativ yuristlar: kompaniyalar ichida ishlaydi va korxonalar faoliyati bilan bog'liq huquqiy masalalar, shu jumladan shartnoma huquqi, soliq qonuni va korporativ boshqaruv bilan shug'ullanadi. Notariuslar: yuridik ahamiyatga molik hujjatlar, vasiyatnomalar, ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar va boshqa yuridik hujjatlarni rasmiylashtirish va tasdiqlash bilan shug'ullanadi. Advokatlar: fuqarolik, jinoiy va ma'muriy ishlar doirasida sudlarda va boshqa hukumatlarda yuridik yordam ko'rsatish va mijozlar manfaatlarini himoya qilish. |
Ish joylari | Huquqshunos quyidagi tashkilotlarda mehnat faoliyatini bilan shug'ullana oladilar: • Har xil yuridik tashkilotlarda ichki ishlar vazirligida, adliya vazirligida, O'zbekiston Respublikasi sud tizimlarida; • Davlat tashkilotlarida va o'zini o'zi boshqarish tashkilotlarida; • Barcha tijorat tashkilotlarida; • Mustaqil ravishda advokatlik faoliyati bilan shug'ullana oladilar; • Ta'lim va ilm fan sohasida. |
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar | Yuristlarning professional faoliyati nafaqat bir insonning balki butun jamiyatning, xattaoki butun bir davlatning yashash tarziga ta'sir o‘tkazadi. Shuning uchun bu soha vakillaridan belgilangan Kodekslarga rioya qilishini, mas'uliyatni xis qilishlari va lavozimini suiste'mol qilmasdan halollik bilan Vataniga va xalqiga xizmat qilish talab qilinadi. Qolaversa huquqshunos o‘z ustida tinmasdan mehnat qilmog‘i va doimiy ravishda bilimlarini oshirib borishi kerak. Huquqshunoslar qattiq streslarga chidamli bulib, o‘zlarini fe'l-atvorini nazorat qila oladigan shaxslardir. |
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri | 5240100 |