logo

Muhandis

Kasb tavsifiMuhandis (fransuzchadan ingénieur, lotin tilidan ingenium - qobiliyat, tadbirkorlik) - texnik ma'lumotga ega mutaxassis. Muhandislikning asosiy vazifasi yangi masalalar yechimi ustida ishlash, eskilarini esa muvofiqlashtirishdir. Masalan, loyiha yechimini muvofiqlashtirish, texnologiyalarni muvofiqlashtirish va hokazo. Muhandislarning oz, lekin ahamiyatga ega mehnati talab qilinuvchi yangi masalalarni (shular jumlasidan ixtirolarni ham) ishlab chiqish.
Kasb tarixi Dastlab, harbiy mashina haydovchilari muhandis deb nomlangan. “Fuqaro muhandisi” tushunchasi XVI asrda Gollandiyada paydo bo‘lgan bo‘lib, ko‘prik va yo‘l quruvchilariga nisbatan ishlatilgan, so‘ngra bu tushuncha Angliya va boshqa davlatlarga ham kirib kelgan. O‘zaro axborotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, jamiyat foydasi uchun ilmiy faoliyatni tashkillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, shaxsiy mutaxassislik o‘sishi uchun muhandislar ittifoq hamda uyushmalarga birikishgan. Masalan, elektrotexnika va elektroniklarning muhandislik instituti yoki Qozoqlar muhandislik uyushmasi. Ba'zan muhandislar siyosiy hayotda ham faol ishtirok etishgan va shu bilan sovet muhandislari 90 yillar demokratik intilishlarini qo‘llab-quvatlashgan.
Faoliyat turlariIshlab chiqarish tashkilot muhandisi Ishlab chiqarish bo‘yicha muhandisning asosiy vazifasi - mahsulotning muvofiq sifatda chiqishi uchun funksional texnologik mahsulotni uzluksiz ishlab chiqarish, qo‘ldan qo‘lga o‘tkazib ishlash sistemasini ta'minlamoq. Har bir ishlab chiqarishda ish maromida bo‘lishi uchun moddiy-texnik ta'minoti asosiy ahamiyatga ega, ishlab-chiqarish muhandisi tashkilotni moddiy-texnik resurslar bilan ta'minlaydi. Tadqiqotchi muhandis Ilmiy tekshiruvlar, fizik, kimyoviy, bioximik va mikrobiologik ko‘rinishdagi ishlab chiqarish jarayonidagi kamchiliklarni fosh qilishga qaratilgan tadqiqotlar. Muhandislik tadqiqotlari ilmiy-tadqiqot institutlari tarmoqlari, OTMning maxsus kafedralari, zavod laborotoriyalari, tadqiqot bo‘limlariida amalga oshiiladi. Konstruktor-muhandis Konstruksiyalash muhandisligi muhandislik faoliyatining eng keng tarqalgan turidir. Kasb o‘z ichiga mashinalar, apparat va qurilmalarning grafik modelini yaratishni oladi. Servis va texnik xizmat ko‘rsatish muhandisi Muhandislikning ushbu yo‘nalishining vazifalariga oldiga qo‘yilgan talablarni natijakor bajarishdir maqsadida mashina va apparatlarni ekspluatatsiya qilish jarayonidagi texnik va tashkiliy tadbir komplekslarni nazorat qilishdir. Ushbu yo‘nalishdagi muhandisliklikning ishini ikkiga bo‘lish mumkin: mashina va apparatlarning buzilishini oldini olish hamda tuzatish. Loyihalashtiruvchi muhandis Loyihalashtiruvchi muhandisligi konstruktor-muhandisligiga juda yaqin, lekin o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Loyihalashtirish - tashkilotlar, alohida sexlar, texnologik yo‘naliksh va maydonlarning grafik modellarini yaratishdir. Loyihalashtiruvchilar maxsus loyiha institutlarida ishlab, mavjud obyetlarda qurilish va ta'mirlash ishlari amalga oshiriluvchi texnik hujjatlarni tayyorlashadi. Montajchi-muhandis Montaj ishlari jihozlarni o‘rnatayotganda amalga oshiriladi. Bunday shilarni maxsus montaj-sozlash tashkilotlari amalga oshirishadi. Ish boshqaruvchi-muhandis Boshqarma faoliyatini amalga oshirgan holda tashkilotlarda ularning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: * boshqaruvchi, lider (brigadir, bo‘lim o‘rinbosari, sex boshlig‘i, kompaniyaning vitse-prezidenti, direktorlar maslahatining boshqaruvchisi); * ma'lumotlarni qayta ko‘rib chiquvchi; * qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun mahsulot tanlovida yechimini topuvchi shaxslar. Ish boshqaruvchi-muhandisning asosiy vazifasi - boshqalar yordamida ishni bajarib, kollektiv aro ishga erishishdir. Boshqaruvchi-muhandis Muhandislikning deyarli, barcha yo‘nalishlari, qayerda ishlarshlaridan va qaysi faoliyat turi bilan shug‘ullanishlaridan qat'iy nazar, qaysidir darajada boshqaruvchi sanaladilar, zero, ular kollektivni boshqaradilar. Ushbu mutaxassislarning asosiy vazifalarga masala yechimi bo‘yicha materiallarni tayyorlash, qabul qilingan xulosalarni bajaruvchilarga yetkazib, amalga oshirilishini nazorat qilish kiradi.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarO‘qish jarayonida talabalar mutaxassislikka ko‘ra mufassal umumtexnikaviy, fizika-matematikaviy va boshqa tabiiy-ilmiy tayyorlovga ega bo‘lishadi. Muhandislar matematika, fizika hamda chizmachilikni juda yaxshi bilishlari zarur.
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri 1234567

Kollejlar