logo
Asosiy
Abiturient
Mutaxassisliklar katalogi
Havaskorlik xor jamoasi dirijyori

Havaskorlik xor jamoasi dirijyori

Kasb tavsifiDirijyor - asar musiqasini ijodiy rivojlantiruvchi, uning ruhi bilan yashovchi, o‘ta mehnat talab, mashaqqatli, sabr-bardosh talab qiluvchi mas'uliyatli kasbdir. Bir qaraganda osondek ko‘ringan dirijyorlik san'atining naqadar mushkul ekanligini hamma ham tushunib yetavermaydi. Bu kasbning murakkabligi shundaki. orkestrdagi cholg‘ularning nafaqat mukammal ijrosi, balki uning sirlarini ham bilishi kerak. Chunki ana shu cholg‘ular uyg‘un bo‘lgandagina ajoyib kuylar dunyoga keladi. Dirijyor 100 dan ortiq musiqachilar faoliyatining asosiy muvofiqlashtiruvchisidir. Uning roli qisman rejissyor roliga o‘xshab ketadi. Rejissyor - teatrdagi saxna asarining badiiy rahbari, spektaklni tayyorlash borasidagi barcha ishlarning boshini birlashtirib turadi. Dirijyorning ham bevosita orkestrning rejissyori deya qarash mumkin.
Kasb tarixi «Dirijyor» so‘zi turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi: nemislar «Dirident, italyanlar «Diridente», fransuzlar «Shef orkestre», inglizlar «Konduktor» deydilar. Har qaysi tilda ham bu so‘z rahbar, boshliq, direktor ma'nosini anglatadi. Orkestr va xorga ilgarilari qanday dirijyorlik qilganlar? Bu san'at uzoq tarixga ega. Odamlar birgalikda quylay boshlaganlaridan beri ularda umumiy ritm va sur'atga rioya qilish zaruriyati paydo bo‘lgan. Ibtidoiy xalqlarning raqs va qo‘shiqlarida ritmni qarsak chalib berib turganlar, shuningdek, do‘pirlatib yoki do‘mbira chertib urib turganlar. Qadimgi Gretsiyada xor rahbarlari bo‘lib, ular oyoqlarini do‘pirlatib, ritm belgilab berganlar. Yana shu ham ma'lumki, Rim qo‘shiq maktabida xorni boshqarib turish uchun ma'lum qo‘l harakatlaridan foydalanishgan. Dirijyorlikning mazkur ikki usuli orkestr boshqaruviga asos soldi, birgalikdagi aniq ijroni yo‘lga qo‘yish uchun dirijyor taktni oyog‘i bilan urib, tayoqcha bilan pult yoki polni taqillatib, yana shuningdek, karnay qilib o‘ralgan nota daftari bilan pultni urib ko‘rsatib turardi. Birinchilardan bo‘lib bu kasbni ma'lum dirijyorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan ijrochi-musiqachilar yoki kompozitorlar mahorat cho‘qqisiga olib chiqdilar. Bu o‘rinda Lyulli, Glyuk, Motsart, Mendelson, Shpor, Veber, Rixard Shtraus, Vagner, Berlioz, F. List, G. Maler va boshqalar nomlarini sanab o‘tish mumkin.
Faoliyat turlariBugungi kunda dirijyorlikning ikki turi mavjud: Orkestr-musiqachilar bilan ishlash (skripkachilar, viyolonselchilar, karnaychilar va boshqalar). Xor-vokalistlar bilan ishlash.
Ish joylariDirijyor professional xor( orkestr)larida, musiqa maktablarida, san'at va madaniyat oliygohlarida, teatrlarda mehnat faoliyatlarini olib borishlari mumkin.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarDirijyor ko‘rish va eshitish san'atiga ega bo‘lmog‘i lozim, u yengil va ayni paytda kuchli bo‘lishi darkor, u sozlar kompozitsiyasini, ularning tabiati va qamrovini his qilishi, partiturani o‘qiy olishi, shular barobarida alohida iste'dod egasi bo‘lishi muhim... U yana o‘zi va orkestr o‘rtasida ko‘zga ko‘rinmas aloqa o‘rnatilishi uchun kerak bo‘lgan yana boshqa, deyarli noaniq xususiyatlarga ham ega bo‘lishi shart. Agar dirijyor orkestrga o‘z xissiyotlarini yetkazish xususiyatiga ega bo‘lmasa, unda u orkestr ustidan «hukmronlik» qila olmaydi, unga o‘z ta'sirini o‘tkazishdan maxrum bo‘ladi.
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri 3210501

Kollejlar